
Kuni kecha Andijonda yoshlarni besh muhim tashabbus atrofida birlashtirish maqsadida “Besh tashabbus olimpiadasi” festivali o’tkazildi. Bu festival yoshlarimizga o‘z iqtidorlarini namoyon qilish, yangi g‘oya va tashabbuslarini hayotga tatbiq etish imkoniyatini berdi.
Festival doirasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib etishga qaratilgan yurish va ommaviy badantarbiya mashg‘ulotlari, madaniy-ma’rifiy tadbirlar, milliyligimizni targ’ib etuvchi loyihalar, sport musobaqalari, kitobxonlik va intellektual tanlovlar, robototexnika ko‘rgazmalari, ta’lim, kasb va tadbirkorlik yarmarkalari, yoshlar uchun eng ommabop loyihalar targ’iboti va unutilmas shou dasturi tashkil etildi.
Ushbu festivalda Andijon davlat chet tillari instituti rahbar va ishchi xodimlari, professor-oʻqituvchilari va talaba-yoshlaridan iborat jamoa ham faol ishtirok etib, turli tanlovlarda sovrindorlar qatoridan joy oldilar.
Andijon davlat chet tillari instituti axborot xizmati