«XAVFSIZ TALABA» OYLIGI. TALABALAR BILAN DAVRA SUHBATI BOʻLIB OʻTDI

 Bugun, 2025-yil 5-sentabr kuni Andijon davlat chet tillari instituti Ingliz tili va adabiyoti fakultetida navbatdagi ma’naviy-ma’rifiy tadbir bo‘lib o‘tdi.

 Tadbirda institut profilaktika katta inspektorlari B.Xodjayev hamda Sh.Axmedovalar tomonidan talabalar uchun “Xavfsiz talaba” oyligi va “1-kurs maktabi” doirasida davra suhbati tashkil qilindi.

 Suhbat davomida talabalar orasida huquqbuzarliklarning oldini olish, huquqiy savodxonlikni oshirish, talabalik davrida intizom va mas’uliyatni to‘g‘ri anglash masalalari atroflicha muhokama qilindi. Shuningdek, turli hayotiy misollar orqali yoshlarni yot g‘oyalardan asrash, sog‘lom turmush tarzini shakllantirish va mustaqil fikrlashga o‘rgatishning ahamiyati ta’kidlandi.

Tadbir jarayonida talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob olishdi, hayotiy maslahatlar oldilar. “Xavfsiz talaba” oyligi hamda “1-kurs maktabi” loyihasi doirasida bunday uchrashuvlar muntazam davom ettiriladi.

 Andijon davlat chet tillari instituti axborot xizmati

Leave a Reply

Skip to content