
Bugun, 2025-yil 4-sentabr kuni Andijon davlat chet tillari institutida faol va tashabbuskor talabalardan iborat “Anis Team” jamoasining yangi a’zolari – 1-bosqichga qabul qilingan, yetakchilik qobiliyatiga ega yoshlar ishtirokida ilk yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.
Yig‘ilishni institut Matbuot xizmati hamda “Anis Team” jamoasi rahbari A.Yunusov va “ADCHTI pressa” guruhi boshlig‘i M.Buzrukov olib bordilar. Tadbir davomida yangi a’zolarga jamoa faoliyati, yo‘nalishlari hamda kelgusidagi rejalar haqida batafsil ma’lumot berildi. Shuningdek, ularni faollikka, ijtimoiy hayotda faol ishtirok etishga undovchi motivatsion suhbatlar tashkil etildi.
Mazkur yig‘ilish institutimizda yoshlarga keng imkoniyatlar yaratish, ularning tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash va jamoaviy ishlarda faol ishtirokini ta’minlash sari tashlangan muhim qadam bo‘ldi.