ANDIJON DAVLAT CHET TILLARI INSTITUTIDA YANGI – 2025/2026 O‘QUV YILI START OLDI

Bugun, 3-sentyabr kuni, Andijon davlat chet tillari institutida yangi – 2025/2026 o‘quv yili boshlanishi munosabati bilan 1-bosqich talabalarini kutib olish va bayram tadbiri bo‘lib o‘tdi. Tadbir Oʻzbekiston Respublikasi Mustaqilligining 34 yilligi nishonlanayotgan bir davrga hamohang tarzda “Vatan uchun, millat uchun, xalq uchun!” shiori ostida tashkil etildi.

 Marosimda Andijon viloyati hokimi o‘rinbosari R.B.Arziyev ishtirok etib, yoshlarga samimiy tilaklar bildirdi. Institut rektori D.A.Rustamov Amerika Qo‘shma Shtatlarida xizmat safarida bo‘lgani sababli, ularning tabrigini Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektor M.Kurbanov o‘qib eshittirdi.

 Tadbir davomida yo‘nalishlar bo‘yicha eng yuqori ball to‘plagan 13 nafar talabaga “Talabalik guvohnomasi” va esdalik sovg‘alari topshirildi. Shuningdek, test sinovlaridan maksimal 189 ballni qo‘lga kiritgan 3 nafar talabalarga ta’lim-tarbiya bergan maktab jamoalariga Tashakkurnomalar taqdim etildi.

 Tadbir kuy-qoʻshiqlar bilan davom ettirildi. Bundan tashqari institut professor-oʻqituvchilari, ota-onalar va talaba-yoshlardan vakillar soʻz olib, oʻz fikr-mulohazalarini bildirdilar.

 Institut oilasiga qadam qo‘ygan barcha yangi talabalarga muvaffaqiyat va zafarlar tilaymiz!

 Andijon davlat chet tillari instituti axborot xizmati

Leave a Reply

Skip to content