Institutda mustaqillikning 34 yilligi munosabati bilan “Vatan uchun, millat uchun, xalq uchun!” fleshmobi o‘tkazildi

Andijon davlat chet tillari institutida O‘zbekiston Yoshlar ittifoqi institut Kengashi tashabbusi bilan, institut rahbar va ishchi xodimlari hamda professor-o‘qituvchilari ishtirokida O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 34 yilligiga bag‘ishlangan “Vatan uchun, millat uchun, xalq uchun!” shiori ostida ma’naviy-ma’rifiy ruhdagi fleshmob tashkil etildi.

Tadbirning bosh maqsadi — mustaqillik g‘oyalarini, vatanparvarlik, fuqarolik mas’uliyati va milliy birdamlik qadriyatlarini yanada kuchaytirish, jamoa o‘rtasida ezgu g‘oyalarni targ‘ib qilishdan iborat bo‘ldi. Tadbir ishtirokchilari Mustaqillik bayrami arafasida davlat ramzlariga hurmat, ona yurtga sadoqat va xalq manfaatiga xizmat qilish g‘oyalarini yuksak ko‘tarinkilikda ifoda etdilar.

Leave a Reply

Skip to content