
Andijon davlat chet tillari instituti Ingliz tili nazariy aspektlari kafedrasi doktoranti M.Djumaboyeva, Ingliz tili amaliyoti kafedrasi doktorantlari M.Zuhriddinova va B.Abdusattorovalar Xitoy Xalq Respublikasining Sian shahrida tashkil etilgan “Summer School” yozgi ilmiy-stajirovka dasturini muvaffaqiyatli yakunlab, xalqaro sertifikatlar bilan taqdirlandilar.
Mazkur tashrif doktorantlarimizning ilmiy salohiyatini oshirish, ularning ilmiy izlanishlariga yangi ufqlar ochish bilan bir qatorda, institutimizning xalqaro nufuzini mustahkamlashga xizmat qiladi.
Shu bilan birga, yetuk ilmiy kadrlar tayyorlash jarayonida sifat jihatdan yangi bosqichga ko‘tarilishimizga muhim turtki bo‘ladi.
Andijon davlat chet tillari instituti axborot xizmati