
Bugun, 2025-yil 23-avgust kuni – kunning birinchi qismida Andijon davlat chet tillari institutida IV-chorak uchun mustaqil izlanuvchilik (DSc) yoʻnalishlari bo‘yicha kirish imtihonlari og‘zaki suhbat shaklida o‘tkazildi. Jarayon belgilangan reglament asosida, mas’ul komissiya ishtirokida, shaffof va tartibli tarzda tashkil qilindi.
DSc sessiyasi:
10.00.06 – Qiyosiy adabiyotshunoslik, chogʻishtirma tilshunoslik va tarjimashunoslik;
10.00.11 – Til nazariyasi. Amaliy va kompyuter lingvistikasi (filologiya fanlari);
13.00.02 – Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (tillar boʻyicha).
Nomzodlar ixtisoslik bo‘yicha nazariy bilimlari, tadqiqot mavzusining dolzarbligi, ilmiy metodologik yondashuvlari hamda reja va natijalar konsepsiyasi yuzasidan savol-javobdan o‘tishdi. Hujjatlar tekshiruvi va ro‘yxatdan o‘tish jarayoni oldindan belgilangan tartibda amalga oshirildi.
Imtihon natijalari bo‘yicha dalilatnomalar rasmiylashtirildi. Rasmiy natijalar institutning axborot kanallari orqali belgilangan tartibda e’lon qilinadi.
Andijon davlat chet tillari instituti axborot xizmati