
Andijon davlat chet tillari instituti Iqtidorli talabalarning ilmiy-tadqiqot faoliyatini tashkil etish bo‘limi tomonidan bugungi kunda dolzarb bo‘lib turgan «Globallashuv jarayonida milliy qadriyatlarning o‘rni va ahamiyati» mavzusida suhbat tashkil etildi.
Tadbir davomida globallashuv jarayonining ijobiy va salbiy jihatlari, xalqaro madaniy aloqalar bilan bir qatorda milliy qadriyatlarni asrab-avaylash zarurligi yuzasidan fikrlar bildirildi. Mavzu yuzasidan so‘zga chiqqan Ijtimoiy-gumanitar fanlar, pedogogika va psixologiya kafedrasi dotsenti Qobiljon Nasriddinov bugungi kunda yoshlar ongida milliy g‘ururni shakllantirish, an’ana va urf-odatlarni asrab-avaylash hamda zamonaviy taraqqiyot bilan uyg‘unlashtirish masalalariga alohida to‘xtalib o‘tdi.
Shuningdek, yoshlarni globallashuv ta’sirida yuzaga kelayotgan turli madaniy oqimlardan himoya qilish, ularning milliy identitetini mustahkamlash, ta’lim tizimi va ommaviy axborot vositalari orqali milliy qadriyatlarni keng targ‘ib etish zarurligi ta’kidlandi.
Suhbat yakunida globallashuv sharoitida milliy qadriyatlarga tayanish yoshlar uchun mustahkam ma’naviy asos bo‘lib xizmat qilishi, ularni maqsadli, ongli va vatanparvar shaxslar sifatida shakllantirishda muhim omil ekani qayd etildi.
Andijon davlat chet tillari instituti axborot xizmati