Yoshlar bandligi va ishsizlik muammolariga bag‘ishlangan suhbat tashkil etildi

Andijon davlat chet tillari instituti Iqtidorli talabalarning ilmiy-tadqiqot faoliyatini tashkil etish bo‘limi tomonidan jamiyatda dolzarb bo‘lib turgan “Yoshlar orasidagi ishsizlik va ularning bandligini ta’minlash muammolari” mavzusida suhbat o‘tkazildi.

 Suhbat davomida yoshlar orasida ishsizlik darajasining ortib borayotgani, bo‘sh ish o‘rinlari va ish izlovchilar o‘rtasidagi nomutanosiblik masalalari atroflicha muhokama qilindi.

 Boʻlim boshligʻi M.Baltabayeva mavzu yuzasidan so‘zga chiqib, mavjud bandlik muammolarini tahlil qildi, ishsizlik sabablari va uni bartaraf etish yo‘llariga to‘xtaldi.

Tadbir ishtirokchilari yoshlar bandligini ta’minlashda:

 tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirish;

 kasb-hunar maktablari faoliyatini kengaytirish;

 raqamli savodxonlikni oshirish;

 yoshlarni tanlov va loyihalarga faol jalb etish zarurligini ta’kidladilar.

Suhbat yakunida yoshlarning mehnat bozorida o‘z o‘rnini topishi, ularning ijtimoiy faolligini oshirish hamda ishsizlik muammolarini kompleks hal etish bo‘yicha taklif va tavsiyalar ilgari surildi.

Andijon davlat chet tillari instituti axborot xizmati

Leave a Reply

Skip to content