IKKINCHI MUTAXASSISLIK UCHUN HUJJAT TOPSHIRGAN ABITURIYENTLAR BILAN SUHBAT BOʻLIB OʻTDI

Andijon davlat chet tillari institutida 2025-yil 18-avgust kuni ikkinchi mutaxassislik asosida oʻqish istagida boʻlgan abituriyentlar uchun suhbat tashkil etildi.

Dastlab institut rektori Dilshodbek Abduvahidovich Rustamov ishtirokida talabgorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi. Uchrashuv davomida rektor abituriyentlarni qizg‘in qutlab, ikkinchi mutaxassislikni tanlashning ahamiyati, ta’lim sifatini oshirishda bunday imkoniyatlarning tutgan oʻrni haqida toʻxtalib oʻtdi. Shuningdek, institutda yaratilgan shart-sharoitlar, professor-oʻqituvchilarning tajribasi hamda talabalarga berilayotgan keng imkoniyatlar haqida ham batafsil ma’lumot berdi.

Undan keyin esa suhbat davomida talabgorlarning bilim darajasi, kasbiy qiziqishi va tanlagan yoʻnalishlariga munosabati sinov tariqasida tekshirildi.
 Har bir abituriyent bilan alohida suhbat o‘tkazilib, ularning kelgusidagi maqsadlari, ikkinchi mutaxassislik bo‘yicha oʻz ustida ishlashga tayyorligi va tanlagan sohada oʻzini ko‘ra olishi haqida fikr almashildi.
 Shuningdek, institutning tegishli fakultet dekanlari va kafedra mudirlari tomonidan abituriyentlarning kasbiy kompetensiyalari ham o‘rganildi.

Tadbir yakunida ikkinchi mutaxassislik bo‘yicha o‘qishga kirish uchun belgilangan tartib va mezonlar asosida suhbatdan muvaffaqiyatli o‘tgan abituriyentlar saralab olindi.

 Andijon davlat chet tillari instituti rahbariyati ta’kidlaganidek, ikkinchi mutaxassislikka ega boʻlish kelgusida talabalar uchun nafaqat qo‘shimcha bilim va ko‘nikmalar, balki mehnat bozorida ham keng imkoniyatlar eshigini ochadi.

 Andijon davlat chet tillari instituti axborot xizmati

Leave a Reply

Skip to content