
Bugun – 14-avgust, 2025-yil kuni Andijon davlat chet tillari institutida Zoom platformasida “Startap va taqdimot – HackUnicorn’dan olingan saboqlar va investitsiya imkoniyatlari” mavzusida onlayn seminar o‘tkazildi.
Seminarda Muattarxon Raximberdiyeva (LC-UP jamoasi Research Analysti) va Gullola Sherboyeva (innovatsion loyihalar tashabbuskori) HackUnicorn Summer Camp’dagi shaxsiy tajribalari asosida:
Oddiy g‘oyani sarmoya jalb qiladigan loyihaga aylantirish yo‘llari;
Pitch deck tayyorlashning amaliy bosqichlari;
Investorlar e’tibor beradigan asosiy ko‘rsatkichlar;
Yakuniy taqdimotda muvaffaqiyatli chiqish sirlarini yoritib berdilar.
Ishtirokchilar startap ekotizimidagi dolzarb bilimlar, real misollar va amaliy tavsiyalar bilan tanishdilar. Seminar yakunida savol-javoblar bo‘lib o‘tdi.
Andijon davlat chet tillari instituti axborot xizmati