Andijon davlat chet tillari institutida bitiruvchilar bandligini ta’minlash bo‘yicha yig‘ilish bo‘lib o‘tdi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev raisligida 2025-yil 8-avgust kuni o‘tkazilgan “Oliy ta’lim muassasalari bitiruvchilarining bandligini ta’minlash masalalari”ga bag‘ishlangan yig‘ilishda belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida Andijon davlat chet tillari institutida kengaytirilgan yig‘ilish o‘tkazildi.

 Yigʻilishga institut rektori Dilshodbek Abduvahidovich Rustamov boshchilik qildi. Unda prorektorlar, boshqarma va boʻlimlar boshliqlari, fakultet dekanlari, kafedra mudirlari – ushbu yoʻnalishning barcha mas’ullari ishtirok etdilar.

Asosiy masalalar:

Bitiruvchilarni ishga joylashtirish bo‘yicha aniq manzilli “Yo‘l xaritasi” ishlab chiqish;

Ish beruvchilar bilan hamkorlikni kengaytirish va maqsadli shartnomalar tuzish;

O‘quv dasturlarini mehnat bozori talablariga moslashtirish, qo‘shimcha qisqa kurslar joriy etish;

Talabalar va bitiruvchilar startaplarini qo‘llab-quvvatlash;

Band bo‘lmagan bitiruvchilar bilan “100% qamrov” tamoyili asosida ishlash.

 Karyera yarmarkalari, ustoz-shogird uchrashuvlari va sinov intervyularini tashkil etish;

 Xalqaro sertifikatlar va kasbiy ko‘nikmalar bo‘yicha bepul tayyorlov dasturlarini yo‘lga qo‘yish.

 Yig‘ilish yakunida mas’ullarga aniq topshiriqlar berilib, har bir yo‘nalish bo‘yicha muddatlar va javobgar shaxslar belgilandi.

Ushbu chora-tadbirlar davlat rahbari tomonidan belgilangan ustuvor vazifalarni to‘liq amalga oshirishga, bitiruvchilar bandligini oshirishga hamda oliygoh va ish beruvchi integratsiyasini kuchaytirishga qaratilgan.

 Andijon davlat chet tillari instituti axborot xizmati

Leave a Reply

Skip to content