«YOSH GIDLARNI TAYYORLASH» KURSI DAVOM ETMOQDA

Andijon davlat chet tillari instituti huzurida tashkil etilgan “Yosh gidlarni tayyorlash” qisqa muddatli kurslari doirasidagi mashg‘ulotlar har bir ishtirokchi uchun nafaqat bilim manbai, balki ilhom, g‘ayrat va yangicha qarashlar maydoniga aylanmoqda.

 O‘quv dasturi doirasidagi har bir mashg‘ulot interaktiv va ijodiy yondashuvga asoslangan bo‘lib, talabalar faolligi, savol-javoblar, amaliy topshiriqlar va jamoaviy ishlanmalar bilan boyitilmoqda.

Mashg‘ulotlar davomida tinglovchilar o‘zaro fikr almashib, guruhda ishlash orqali o‘z nutqiy madaniyatini oshirish, sahnadagi chiqishlarga tayyorgarlik, hamda mehmonlar bilan professional muloqot yuritish bo‘yicha muhim ko‘nikmalarga ega bo‘lishmoqda.

 Eng quvonarlisi shundaki, o‘quvchilarning har bir kuni ko‘tarinki kayfiyatda, faol va ishtiyoq bilan o‘tmoqda. Yangi bilimlar, yangicha muhit va amaliy tajriba ularni nafaqat kasbiy jihatdan, balki shaxsiy o‘sish yo‘lida ham rag‘batlantirmoqda.

 Mashg‘ulotlardan fotolavhalar va taassurotlar bilan bo‘lishishni davom ettiramiz. Kurs jarayonlarini kuzatib boring.

 Andijon davlat chet tillari instituti axborot xizmati

Leave a Reply

Skip to content