
Andijon davlat chet tillari institutida “Dolzarb 90 kunlik” loyihasi doirasida tashkil etilgan bepul chet tili kurslari faoliyati yuqori saviyada, ko‘tarinki ruhda davom etmoqda.
Mazkur kurslarda ingliz, rus, koreys, nemis va xitoy tillariga qiziqish bildirgan 300 nafarga yaqin yoshlar 10 ga yaqin guruhga bo‘linib, muntazam va tizimli mashg‘ulotlarda ishtirok etmoqdalar. Kurslar nazariy bilim berish bilangina cheklanmay, amaliy mashqlar, jonli muloqot, rolli o‘yinlar, guruhli ishlar orqali ishtirokchilarda til ko‘nikmalarini samarali shakllantirishga qaratilgan.
Tinglovchilarning darslarga bo‘lgan faol ishtiroki, ustozlar bilan erkin muloqot olib borayotgani, har bir mashg‘ulotga ijodiy yondashilayotgani o‘quv jarayoniga ijobiy ta’sir ko‘rsatmoqda. Ayniqsa, tinglovchilarning til o‘rganishga bo‘lgan shaxsiy intilishi va amaliy foyda olishga bo‘lgan ishtiyoqi kurslarning samaradorligini yanada oshirmoqda.
Bunday tashabbus yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, xorijiy tillarni o‘rganish orqali ularga global imkoniyatlar eshigini ochish, ta’lim sifatini oshirish va intellektual rivojlanishini qo‘llab-quvvatlashga xizmat qilmoqda.
Andijon davlat chet tillari instituti axborot xizmati