YETAKCHILAR FORUMI – YOSHLAR YETAKCHILARINING YANGI AVLODI UCHUN MUHIM MAKTAB!

Joriy yilning 28–30-iyul kunlari Toshkent viloyati, Bo‘stonliq tumanidagi “Yoshlar oromgohi”da respublikamizdagi oliy ta’lim muassasalari boshlang‘ich tashkilot yetakchilari ishtirokida “Yetakchilar forumi” bo‘lib o‘tdi.

Mazkur nufuzli forumda Andijon davlat chet tillari instituti Yoshlar yetakchisi Izzatillo Abdulxamidov ham faol ishtirok etdi.

 Forum doirasida yoshlar yetakchilari uchun:

liderlik kompetensiyalarini rivojlantirish;

yoshlar bilan ishlashda zamonaviy va innovatsion yondashuvlar;

tashkiliy va huquqiy bilimlarni chuqurlashtirish;

psixologik barqarorlik, jamoa boshqaruvi va

axborot siyosati bo‘yicha amaliy mashg‘ulotlar tashkil etildi.

 Shuningdek, turli hudud va tarmoqlardagi oliy ta’lim muassasalari yoshlar yetakchilari o‘zaro tajriba almashdi, muhim tashabbus va g‘oyalar yuzasidan fikr-mulohazalar almashildi.

 Institutimiz vakilining ushbu forumda ishtiroki — yoshlar bilan ishlashdagi yondashuvlarimizni yangi bosqichga olib chiqish, dolzarb masalalarga ilg‘or qarashlar bilan yondashish, hamda yoshlar o‘rtasida liderlik salohiyatini yanada mustahkamlashda muhim qadam bo‘ldi.

“Yetakchilar forumi” — bilim, tajriba va tarmoq imkoniyatlarini birlashtirgan samarali platforma bo‘ldi.

 Andijon davlat chet tillari instituti axborot xizmati

Leave a Reply

Skip to content