Talabalarimiz Shanxayda: Yozgi oromgoh dasturlarida faol ishtirok etmoqda

Andijon davlat chet tillari institutining 8 nafar iqtidorli talabasi ayni damda Xitoy Xalq Respublikasining Shanxay shahrida bo‘lib o‘tayotgan Yozgi oromgoh dasturlarida ishtirok etmoqda.

Mazkur tashrif O‘zbekiston va Xitoy o‘rtasidagi ta’lim, madaniyat va yoshlar siyosati sohalaridagi o‘zaro hamkorlik doirasida amalga oshirilmoqda. Talabalar Shanxaydagi nufuzli ta’lim maskanlarida tashkil etilgan oromgohda turli fanlar, xorijiy tillar, global muammolar va madaniy aloqalarga bag‘ishlangan interaktiv darslar, seminar-treninglar, ijodiy mashg‘ulotlar va xalqaro doira vakillari bilan uchrashuvlarda faol ishtirok etishmoqda.

Bundan tashqari, ishtirokchilar Xitoyning boy tarixiy-madaniy merosi bilan yaqindan tanishish, an’anaviy hunarmandchilik markazlari, muzeylar va zamonaviy texnologik majmualarga tashrif buyurish imkoniga ega bo‘lishmoqda.

Mazkur oromgoh nafaqat xorijiy til amaliyoti, balki xalqaro do‘stlik, tolerantlik, global fikrlash va madaniyatlararo muloqot ko‘nikmalarini mustahkamlash yo‘lida katta ahamiyat kasb etmoqda.

Institut rahbariyati, xususan, rektor Dilshodbek Abduvahidovich Rustamov ushbu tashrifni institutning xalqaro aloqalar sohasidagi muhim yutug‘i sifatida baholab, talabalar tomonidan orttirilayotgan bilim, tajriba va taassurotlar kelgusida ularning ta’lim yo‘nalishidagi yutuqlari uchun mustahkam poydevor bo‘lishiga ishonch bildirgan.

Oromgoh dasturlari davom etmoqda. Institut jamoasi esa yoshlarning xorijiy tajriba orttirayotganidan mamnun holda, ularning salohiyatli yetuk mutaxassis bo‘lib yetishishiga ishonch bildirmoqda.

 Andijon davlat chet tillari instituti axborot xizmati

Leave a Reply

Skip to content