10

Andijon davlat chet tillari institutida “Dolzarb 90 kunlik” loyihasi doirasida tashkil etilgan bepul til kurslari muntazam davom etmoqda. Ayni paytda 10 ga yaqin guruhlarda 300 nafarga yaqin yoshlar ingliz, rus, koreys, nemis va xitoy tillarini o‘rganishga bel bog‘lagan.
Bu nafaqat yangi til, balki yangi dunyo, yangi muloqot va yangi imkoniyatlar sari qo‘yilgan dadil qadamdir. Har bir mashg‘ulotda ishtirokchilar so‘zlashuv ko‘nikmalarini mustahkamlash, tilni hayotiy vaziyatlarda qo‘llash va o‘z ustida ishlashga intilish ruhida ta’lim olishmoqda.
Yoshlarning bu boradagi faolligi, intilishi va o‘z ustida ishlashga bo‘lgan ishtiyoqi ularning ilmga, taraqqiyotga va global dunyoga ochiqligidan dalolat beradi. Bepul ta’lim imkoniyatlari orqali berilayotgan bu bilimlar, albatta, ertangi muvaffaqiyatlar uchun mustahkam poydevor bo‘lib xizmat qiladi.
Andijon davlat chet tillari instituti axborot xizmati