ZOOM orqali xalqaro taʼlim seminariga nazar!

Bugun, 31-iyul kuni Andijon davlat chet tillari instituti tashabbusi bilan “Jahonning nufuzli universitetlariga grant yutish sirlari” mavzusida onlayn seminar bo‘lib o‘tdi.

 Seminar spikeri — Sobirov O‘tkirbek Rustambek o‘g‘li, Andijon davlat chet tillari instituti magistratura talabasi, professional YouTuber, TEDx Speaker hamda O‘zbekistondagi HPAIR community rahbari sifatida o‘z bilim va tajribalari bilan ishtirokchilarga ilhom bag‘ishladi.

Tadbir davomida quyidagi mavzular keng yoritib berildi:

Jahonning nufuzli universitetlariga grant asosida o‘qishga kirish yo‘llari;

Hujjatlar tayyorlashda e’tibor berilishi kerak bo‘lgan jihatlar;

Grant ajratuvchi tashkilotlar va ularning rasmiy platformalari;

Shaxsiy tajriba va muvaffaqiyat kalitlari.

Ishtirokchilar uchun bu seminar ilmiy orzular sari dadil qadam tashlash, dunyo universitetlariga yo‘l ochish va yangi motivatsiya manbai bo‘ldi.

 Seminar «Dolzarb 90 kunlik» tashabbusi doirasida tashkil etildi va institutimiz yoshlariga xalqaro taʼlim sari yo‘naltirilgan amaliy ko‘nikmalarni shakllantirishda muhim bosqich bo‘lib xizmat qildi.

Andijon davlat chet tillari instituti axborot xizmat

Leave a Reply

Skip to content