
Andijon davlat chet tillari instituti huzurida tashkil etilgan «Yosh gidlar maktabi» doirasidagi «Yosh gidlarni tayyorlash» qisqa muddatli o‘quv kurslari bugun, 28-iyul sanasidan o‘z faoliyatini boshladi.
Mashg‘ulotlar institutning yangi binosidagi «Coworking markazi»da bo‘lib o‘tmoqda. Darslar har kuni soat 09:00 dan 12:00 gacha davom etadi.
Kursning ilk kunida ushbu loyihaga mas’ul – Ingliz filologiyasi, oʻqitish metodikasi va tarjimashunoslik fakulteti Gid hamrohligi, madaniyatlararo muloqot va tarjimashunoslik kafedrasi mudirasi M.Qosimova tomonidan tinglovchilarga loyiha mazmuni, o‘quv jarayonining bosqichlari va rejalashtirilgan amaliy mashg‘ulotlar haqida ma’lumotlar berildi. Shuningdek, ishtirokchilar bilan tanishuv, dastlabki nazariy mashg‘ulotlar va guruh ishlari tashkil qilindi.
Ushbu kurs doirasida tinglovchilarga:
15 kun davomida nazariy bilimlar;
so‘nggi 15 kun davomida esa amaliy stajirovka mashg‘ulotlari o‘tkazilishi belgilangan.
Uzoq hududlardan tashrif buyurgan tinglovchilar uchun yotoqxona bilan ta’minlash va xarajatlarni qoplash yuzasidan zaruriy shart-sharoitlar yaratilgan.
Mazkur loyiha yoshlar orasida turizm madaniyatini shakllantirish, gidlik faoliyati bo‘yicha bilim va ko‘nikmalarni kengaytirishga xizmat qiladi.
Mashg‘ulotlar davom etmoqda. Yangiliklarimizni kuzatib boring!
Andijon davlat chet tillari instituti axborot xizmati