INSTITUT REKTORI “BUNYODKOR YOSHLAR” OTRYADI FAOLIYATI BILAN TANISHDI

Bugun – 21.07.2025-yil kuni Andijon davlat chet tillari instituti rektori, filologiya fanlari doktori, professor Dilshodbek Abduvahidovich Rustamov “Dolzarb 90 kunlik” tashabbusi doirasida tashkil etilgan “Bunyodkor yoshlar” otryadi faoliyati bilan bevosita tanishdi.

Mazkur otryad a’zolari hozirda institut Talabalar turar joyida jadal tarzda ta’mirlash ishlarini olib bormoqda. Talaba-yoshlarning tashabbuskorligi, mehnatsevarligi hamda o‘z institutiga bo‘lgan mehr-muhabbati bilan amalga oshirilayotgan bu ezgu ishlar ta’lim maskanining obodligiga xizmat qilmoqda.

Tashrif davomida institut rektori otryad a’zolari bilan samimiy suhbatlashdi, ularning ish jarayoni, shart-sharoitlari bilan tanishdi va ko‘ngilli mehnatni qadrlab, bu kabi loyihalar yoshlarning amaliy ko‘nikmalarini oshirishda, ularni mehnatga bo‘lgan hurmat va mas’uliyat ruhida tarbiyalashda muhim ahamiyat kasb etishini alohida ta’kidladi.

Shuningdek, professor Dilshodbek Abduvahidovich otryadga amaliy maslahat va tavsiyalar berdi, ularning harakatini olqishlab, bunday faoliyat namunasi institutning boshqa bo‘limlarida ham davom etishini bildirdi.

“Bunyodkor yoshlar” otryadi tomonidan olib borilayotgan ishlar nafaqat binolarni ta’mirlash, balki jamoaviylik, mas’uliyat, tashabbus va institutga daxldorlik tuyg‘usini mustahkamlashga xizmat qilmoqda. Eslatib oʻtamiz, otryad a’zolariga ishbay asosida ish haqlari toʻlab beriladi.

 Andijon davlat chet tillari instituti axborot xizmati

Leave a Reply

Skip to content