“Dolzarb 90 kunlik” doirasida “Yosh gvardiyachilar” harbiy musobaqasi o‘tkazildi

Andijon davlat chet tillari instituti va Andijon viloyati Milliy gvardiyasi boshqarmasi hamkorligida “Dolzarb 90 kunlik” loyihasi doirasida “Yosh gvardiyachilar” harbiy-sport musobaqasi tashkil etildi. Tadbir Milliy gvardiya boshqarmasi hududida bo‘lib o‘tdi.

Musobaqada institutning talaba yigit-qizlaridan iborat jamoalar ishtirok etib, jismoniy tayyorgarlik, harbiy intizom, jamoaviy hamjihatlik va irodaviy sifatlar bo‘yicha o‘zaro bellashdilar.

Mazkur tadbir yoshlarning harbiy-vatanparvarlik ruhini kuchaytirish, sog‘lom turmush tarziga bo‘lgan intilishini qo‘llab-quvvatlash hamda Milliy gvardiya bilan hamkorlikda harbiy-amaliy ko‘nikmalarni mustahkamlash maqsadida o‘tkazildi. Musobaqa yakunida faol ishtirokchilar tashkilotchilar tomonidan munosib taqdirlandi.

Andijon davlat chet tillari instituti axborot xizmati

Text box item sample content

Leave a Reply

Skip to content