Andijon davlat chet tillari instituti talabalari ayni paytda Shanxayda yozgi oromgohda ishtirok etmoqda

Andijon davlat chet tillari institutining 8 nafar iqtidorli talabasi ayni vaqtda Xitoy Xalq Respublikasining Shanxay shahrida o‘tkazilayotgan Yozgi oromgoh dasturlarida faol ishtirok etmoqda.

Mazkur safar O‘zbekiston va Xitoy xalq respublikasi o‘rtasidagi ta’lim sohasidagi strategik hamkorlik doirasida tashkil etilgan bo‘lib, talabalar ushbu xalqaro platformada nafaqat xorijiy til ko‘nikmalarini boyitish, balki turli mamlakatlardan kelgan tengdoshlar bilan do‘stona aloqalar o‘rnatish, madaniy almashinuvda qatnashish, xalqaro tajriba orttirish imkoniyatiga ega bo‘lishmoqda.

Shanxaydagi yozgi oromgohda talabalar uchun maxsus o‘quv mashg‘ulotlari, ijodiy seminarlar, til amaliyotlari, sport-sog‘lomlashtirish faoliyatlari va Xitoy madaniy merosi bilan tanishishga qaratilgan ekskursiyalar tashkil etilgan.

Institut rektori Dilshodbek Abduvahidovich Rustamov boshchiligidagi rahbariyat ushbu tashrifni institut tarixida muhim voqea sifatida baholab, talabalarning xalqaro miqyosda o‘z salohiyatini namoyon etishi, Vatanimiz sha’nini munosib himoya qilishi va xalqaro hamkorlikni yanada mustahkamlashiga ishonch bildirmoqda.

Mazkur oromgoh dasturlari doirasidagi ishtirok nafaqat talabalar uchun muhim hayotiy va kasbiy tajriba, balki Andijon davlat chet tillari institutining xalqaro maydondagi nufuzini yanada oshirish yo‘lidagi navbatdagi amaliy qadamdir.

 Andijon davlat chet tillari instituti axborot xizmati

Leave a Reply

Skip to content