Iqtidorlilar uchun imkoniyat: Andijonda stipendiya tanloviga tayyorgarlik ko‘rilmoqda

 Andijon davlat chet tillari institutida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va nomli davlat stipendiyalari tanlovining dastlabki bosqichini shaffof, adolatli va yuqori saviyada o‘tkazilishini ta’minlash maqsadida institut miqyosida yig‘ilish o‘tkazildi.

 Yig‘ilish davomida tanlov jarayonlarini samarali tashkil etish, nomzodlarning ilmiy va ijodiy salohiyatini xolisona baholash, hujjatlar yig‘ilishini tartibga solish hamda umumiy jarayonga rahbarlik qilish masalalari muhokama qilindi.

 Yig‘ilish yakunida fakultetlarda tanlovning dastlabki bosqichini tashkiliy jihatdan to‘g‘ri yo‘lga qo‘yish va nazorat qilish bo‘yicha mas’ul shaxs etib Iqtidorli talabalarning ilmiy-tadqiqot faoliyatini tashkil etish bo‘limi boshlig‘i M.Baltabayeva tayinlandi.

Institut rahbariyati tanlovning barcha bosqichlarini ochiqlik va adolat tamoyillariga asoslangan holda o‘tkazishga alohida e’tibor qaratadi.

 Andijon davlat chet tillari instituti axborot xizmati

Leave a Reply

Skip to content