
Andijon davlat chet tillari institutida “Dolzarb 90 kunlik” loyihasi doirasida tashkil etilgan bepul chet tili kurslari bugun ham reja asosida jonli va qiziqarli tarzda davom etdi.
Ingliz, rus, koreys, nemis va xitoy tili guruhlarida o‘tkazilgan mashg‘ulotlarda ishtirokchilar nazariy bilimlar bilan bir qatorda amaliy muloqot ko‘nikmalarini mustahkamlashdi. Guruh a’zolari o‘zaro jamoada ishlash, o‘z fikrini erkin ifodalash, yangi so‘zlar va iboralarni kundalik suhbatda qo‘llashni mashq qilib, til o‘rganishga bo‘lgan ishtiyoqni yanada oshirishdi.
Bunday mashg‘ulotlar yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, yangi bilimlar olish va o‘z salohiyatini namoyon etish imkonini bermoqda.
Andijon davlat chet tillari instituti axborot xizmati