Oʻzbekiston Ekologik partiyasi Andijon viloyati Kengashining navbatdagi yigʻilishi boʻlib oʻtdi

11

Bugun Andijon davlat chet tillari institutida Oʻzbekiston Ekologik partiyasi Andijon viloyati Kengashining navbatdagi Kengash yigʻilishi boʻlib oʻtdi. Tadbirda Kengash a’zolari, partiya faollari hamda hududiy bo‘linma rahbarlari ishtirok etdilar.

Yig‘ilish kun tartibiga muvofiq, dolzarb masalalar atroflicha muhokama qilindi. Mas’ullar oʻz faoliyatlari yuzasidan hisobot berdilar, amalga oshirilayotgan ishlar va kelgusidagi reja va vazifalar taqdimot shaklida keng yoritib berildi.

Yig‘ilish davomida Kengash tarkibiga qator oʻzgartirishlar kiritildi. Biz uchun quvonarlisi shundaki, Andijon davlat chet tillari instituti rektori, Xalq deputatlari Andijon viloyati Kengashi deputati Dilshodbek Abduvahidovich Rustamov ham Kengash a’zoligiga saylandi.

Ushbu yangilik nafaqat institut jamoasi, balki yoshlar va talabalar uchun ham alohida ahamiyatga ega bo‘lib, bu tashabbus kelgusida ekologik masalalarni hal etishda ilmiy yondashuv, innovatsion tashabbuslar va ta’lim muassasalari bilan samarali hamkorlikni yanada kuchaytirish imkonini beradi.

Yig‘ilish so‘ngida barcha ishtirokchilar ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish bo‘yicha o‘z taklif va tavsiyalarini bildirib, ustuvor vazifalarni amalga oshirishda birgalikda faol ishlashga kelishib oldilar.

🏛 Andijon davlat chet tillari instituti axborot xizmati

Leave a Reply

Skip to content