
Andijon davlat chet tillari institutida “Dolzarb 90 kunlik” loyihasi doirasida talabalar va yoshlar uchun “Kompyuter savodxonligi” bo‘yicha amaliy mashg‘ulotlar qizg‘in davom etmoqda.
Darslarga qiziqish yuqori bo‘lgani sababli talabgorlar belgilangan reja asosida guruhlarga ajratilib, mashg‘ulotlar ikki navbatda tashkil etilmoqda. O‘quvchilar va talabalar zamonaviy kompyuter texnologiyalari, dasturlar va raqamli imkoniyatlardan samarali foydalanish bo‘yicha zarur bilim va ko‘nikmalarni o‘zlashtirishmoqda.
Mashg‘ulotlar tajribali mutaxassislar tomonidan interaktiv usullar asosida olib borilib, ishtirokchilarga amaliy topshiriqlar va individual tavsiyalar berilmoqda.
Ushbu darslar yoshlarning raqamli savodxonligini oshirish, ularni texnologiyalarni samarali boshqarishga o‘rgatish va bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazishga xizmat qilmoqda.
Andijon davlat chet tillari instituti axborot xizmati