
Andijon davlat chet tillari institutida 2024/2025-o‘quv yili yakunlariga bag‘ishlangan navbatdagi Kengash yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
Yig‘ilishga institut rektori Dilshodbek Abduvahidovich Rustamov raislik qildi. Unda o‘quv yili davomida amalga oshirilgan ishlar, erishilgan natijalar, yo‘l qo‘yilgan kamchiliklar va kelgusi o‘quv yiliga oid rejalar muhokama qilindi.
Yig‘ilish davomida fakultetlar va bo‘limlar faoliyati yuzasidan tegishli hisobotlar tinglandi, ta’lim sifatini oshirish, ilmiy-tadqiqot ishlarini rivojlantirish hamda talabalarga yaratilayotgan shart-sharoitlarni yanada yaxshilash bo‘yicha tavsiyalar berildi.
Yakunda institut rektori Dilshodbek Abduvahidovich Rustamov barcha jamoa a’zolariga o‘tgan o‘quv yilidagi mehnati uchun minnatdorlik bildirar ekan, yangi o‘quv yilida ham jamoa oldida turgan ustuvor vazifalarni samarali amalga oshirish zarurligini ta’kidladi.
🏛 Andijon davlat chet tillari instituti axborot xizmati