INSTITUT VAKILLARI SHAXMAT MUSOBAQASIDA ISHTIROK ETDILAR

Andijon davlat chet tillari institutida “Dolzarb 90 kunlik” loyihasi doirasida yoshlarni intellektual sport turlariga keng jalb etish, ularning mantiqiy fikrlash salohiyatini rivojlantirishga alohida e’tibor qaratilmoqda.

Shu munosabat bilan Andijon viloyati miqyosida tashkil etilgan shaxmat musobaqasida institut professor-o‘qituvchilari va talaba-yoshlari faol ishtirok etdilar.

 Musobaqa davomida ishtirokchilar o‘z intellektual salohiyatlarini namoyon etib, bilim va mahoratlarini sinovdan o‘tkazdilar. Turnir sog‘lom raqobat va do‘stona muhitda o‘tib, barcha qatnashchilarda katta taassurot qoldirdi.

Ushbu musobaqa talabalarning bo‘sh vaqtini mazmunli o‘tkazish, shaxmat madaniyatini rivojlantirish va jamoaviylik ruhini mustahkamlashga xizmat qilmoqda.

 Andijon davlat chet tillari instituti axborot xizmati

Leave a Reply

Skip to content