
Andijon davlat chet tillari institutida “Dolzarb 90 kunlik” loyihasi doirasida yoshlarning til o‘rganish ko‘nikmalarini rivojlantirish, ularni bo‘sh vaqtini mazmunli o‘tkazish va kelajakda raqobatbardosh kadrlar sifatida tayyorlash maqsadida chet tili kurslari muntazam davom etmoqda.
Ingliz, rus, nemis, koreys va xitoy tillarini o‘rganishga qiziqqan talabalar, o‘quvchi-yoshlar hamda hududlardan tashrif buyurgan ishtirokchilar dars mashg‘ulotlarida faol qatnashmoqda.
Mashg‘ulotlar institutning tajribali o‘qituvchilari tomonidan interaktiv usullar asosida olib borilib, tinglovchilarga fonetika, grammatika, so‘z boyligi va kundalik muloqot bo‘yicha amaliy bilim va ko‘nikmalar berilmoqda.
Kurslar yoshlarning chet tillarini o‘rganishga bo‘lgan qiziqishini oshirib, ularning ma’naviy dunyoqarashini kengaytirishga, bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etishga xizmat qilmoqda.
Andijon davlat chet tillari instituti axborot xizmati