Festival doirasida psixologik trening tashkil etildi

Xonobod shahrida Andijon davlat chet tillari instituti «Turizm oʻquv laboratoriyasi»da tashkil etilgan va “Andijon talaba-yoshlari: Yangi O‘zbekistonni birga quramiz!” shiori ostida o‘tkazilayotgan uch kunlik Talabalar yozgi festivali doirasida qator ma’naviy-ma’rifiy va motivatsion mashg‘ulotlar bilan bir qatorda psixologik treninglar ham o‘tkazilmoqda.

Jumladan, festival dasturiga muvofiq Andijon davlat chet tillari instituti amaliyotchi-psixologi M.Boymirzayeva tomonidan talabalar uchun maxsus psixologik trening o‘tkazildi.

Trening davomida ishtirokchilarga shaxsiy motivatsiyani oshirish, stressni boshqarish, muloqot madaniyatini rivojlantirish va jamoada samarali ishlash bo‘yicha interaktiv topshiriqlar hamda amaliy tavsiyalar berildi. M.Boymirzayeva talabalar bilan ochiq muloqot olib borib, ularni qiziqtirgan savollarga atroflicha javob berdi.

Mazkur psixologik mashg‘ulot talabalar o‘rtasida o‘zaro ishonch va do‘stlik muhitini mustahkamlash, shuningdek, ularning psixologik barqarorligini oshirishga xizmat qilmoqda.

 Andijon davlat chet tillari instituti axborot xizmati

Leave a Reply

Skip to content