

Andijon davlat chet tillari institutida “Dolzarb 90 kunlik” loyihasi doirasida talabalar bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish va jismoniy faolligini oshirishga qaratilgan sport tadbirlari muntazam davom etmoqda.
Xususan, volleybol bo‘yicha sport to‘garagi mashg‘ulotlari belgilangan reja asosida institut sport maydonchalarida olib borilmoqda. Mashg‘ulotlar tajribali murabbiylar rahbarligida tashkil etilib, unda talabalar muntazam ishtirok etmoqda.
Mashg‘ulotlarda talabalar texnik va taktika bo‘yicha bilimlarini oshirib, jamoada ishlash, tezkorlik, chaqqonlik va sport etiketi bo‘yicha amaliy ko‘nikmalarini mustahkamlashmoqda.
Mazkur sport mashg‘ulotlari talabalarda sog‘lom raqobat muhitini shakllantirib, ularni sog‘lom turmush tarziga rioya qilishga undamoqda.
Andijon davlat chet tillari instituti axborot xizmati