
Andijon davlat chet tillari institutida doktorantlarning 2025-yilning birinchi yarmida amalga oshirgan ilmiy-tadqiqot faoliyati boʻyicha 6 oylik monitoring natijalariga bagʻishlangan yigʻilish boʻlib oʻtdi.
Yigʻilishda doktorantlar tomonidan shaxsiy ish rejalari asosida bajarilgan ishlar, ilmiy maqolalar tayyorlash, ilmiy rahbar bilan ishlash samaradorligi, xorijiy ilmiy bazalarda indekslanadigan jurnallarda maqola chop ettirish holatlari hamda ilmiy tadqiqotlarning amaliy ahamiyati yuzasidan batafsil muhokamalar olib borildi.
Tadbirni institut Ilmiy ishlar va innovatsiyalar boʻyicha prorektori M.A.Kurbanov olib bordi. U doktorantlarga ilmiy izlanishlar samaradorligini oshirish, dissertatsiya mavzusiga oid dolzarb masalalarni chuqur tahlil qilish va belgilangan rejalar ijrosini sifatli taʼminlash yuzasidan zarur tavsiyalar berdi.
Yigʻilish yakunida doktorantlarga ilmiy ishlar monitoringi doimiy ravishda olib borilishi, natijadorlik esa asosiy mezon sifatida e’tiborga olinishi ta’kidlandi.
Andijon davlat chet tillari instituti axborot xizmati