CHET TILINI OʻRGANISH – YOSHLAR UCHUN YANGI IMKONIYA

CHET TILINI OʻRGANISH – YOSHLAR UCHUN YANGI IMKONIYAT

Andijon davlat chet tillari institutida “Dolzarb 90 kunlik” loyihasi doirasida tashkil etilgan bepul chet tili kurslari reja asosida muntazam davom etmoqda.

 Kurslarda ingliz, rus, koreys, xitoy va nemis tillarini o‘rganishga qiziqqan talabalar, maktab o‘quvchilari hamda hududlardan tashrif buyurgan yoshlar ishtirok etmoqda.

Mashg‘ulotlar tajribali o‘qituvchilar tomonidan interaktiv usullar asosida olib borilib, so‘z boyligini oshirish, grammatik bilimlarni mustahkamlash va muloqot ko‘nikmalarini rivojlantirishga alohida e’tibor qaratilmoqda.

 Dars jarayonlarida suhbat, rolli o‘yinlar, amaliy mashqlar orqali ishtirokchilar faol va samarali ta’lim muhitida til o‘rganmoqda.

 Ushbu kurslar yoshlarda chet tillariga bo‘lgan qiziqishni oshirish, ularning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish va kelajakdagi ta’lim hamda kasbiy faoliyatlari uchun poydevor yaratishga xizmat qilmoqda.

Andijon davlat chet tillari instituti axborot xizmati

 

Leave a Reply

Skip to content