
Bugun – 2025-yil 27-iyun kuni Andijon davlat chet tillari instituti Ingliz filologiyasi, oʻqitish metodikasi va tarjimashunoslik fakultetida Yakuniy davlat attestatsiyasi imtihonlariga start berildi.
Imtihonlarning ochilishida institut Oʻquv-uslubiy boshqarmasi boshligʻi S.Toshtonov, fakultet dekani A.Ataboyev hamda kafedra mudirlari va boshqa mas’ullar ishtirok etdilar.
Attestatsiya jarayonlari belgilangan tartib asosida yozma shaklda tashkil etilib, ochiqlik va shaffoflik tamoyillari asosida olib borilmoqda.
Andijon davlat chet tillari instituti axborot xizmati