
Bugun – 2025-yil 27-iyun kuni Andijon davlat chet tillari institutida “Dolzarb 90 kunlik” loyihasi doirasida navbatdagi ma’naviy-ma’rifiy tadbir – “She’riyat kechasi” bo‘lib o‘tdi.
Tadbir institut Axborot-resurs markazi hamda Roman-german va slavyan tillari fakultetining Rus tili nazariyasi va tarjimashunoslik kafedrasi hamkorligida tashkil etildi.
Professor-o‘qituvchilar va talabalar ishtirokida o‘tgan ushbu uchrashuvda she’rlar, kuy va qo‘shiqlar ijro etilib, ochiq muloqot va samimiy muhit yaratildi. Tadbir talabalarda kitobxonlik madaniyatini oshirish, adabiyotga qiziqishni kuchaytirish hamda ma’naviy tafakkurni yuksaltirishga xizmat qildi.
Yakunda faol ishtirokchilar “Tashakkurnoma” bilan taqdirlandilar.
Andijon davlat chet tillari instituti axborot xizmati