TALABALAR KIBERSPORTDA BELLASHDILAR

“Dolzarb 90 kunlik” loyihasi doirasida Andijon davlat chet tillari institutida talaba-yoshlarning axborot texnologiyalari va zamonaviy raqamli ko‘nikmalarga qiziqishini qo‘llab-quvvatlash maqsadida kibersport musobaqasi tashkil etildi. Tadbir institutdagi Axborot texnologiyalari xonalarida o‘tkazilib, unda talabalar “Counter-Strike” kompyuter o‘yini bo‘yicha bellashdilar.

Musobaqa raqamli tafakkur, jamoaviy ishlash, strategik fikrlash va tezkor qaror qabul qilish kabi ko‘nikmalarni rivojlantirishga xizmat qildi. Bellashuvlar murosasiz va qizg‘in tarzda o‘tib, ishtirokchilar o‘z mahoratlari, tayyorgarligi hamda bir jamoa sifatidagi uyg‘unligini namoyish etdilar.

Mazkur tadbir institutda yoshlar o‘rtasida innovatsion fikrlash va zamonaviy texnologiyalarga bo‘lgan qiziqishni yanada kuchaytirishga qaratilgan sa’y-harakatlarning amaliy ifodasidir.

 Andijon davlat chet tillari instituti axborot xizmati

Leave a Reply

Skip to content