
2025-yil 26-iyun kuni Andijon davlat chet tillari institutida iqtidorli talabalar ilmiy-ijodiy faoliyatini e’tirof etish va rag‘batlantirish maqsadida “SHARAF – 2025” tantanali taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi.
🔺 Tadbirni institut Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektori M.A.Kurbanov ochib berdi. O‘z so‘zida u institutda yoshlar salohiyatini ro‘yobga chiqarish, ularning ilm-fanga bo‘lgan qiziqishini qo‘llab-quvvatlash borasida olib borilayotgan ishlar va istiqboldagi rejalarga alohida to‘xtalib o‘tdi.
🔹 Dastur doirasida Iqtidorli talabalar ilmiy-tadqiqot faoliyatini tashkil etish bo‘limi tomonidan 2024–2025 o‘quv yili davomida amalga oshirilgan faoliyat yuzasidan videotaqdimot namoyish etildi.
🔴 So‘ngra bir qator nominatsiyalar bo‘yicha ilg‘or va faol talabalar sertifikat, tashakkurnoma hamda esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi. Jumladan:
✅“O‘quv yilining eng yaxshi startap loyihasi tashabbuskori”;
✅“O‘quv yilining eng iqtidorli-innovator talabasi”;
✅“O‘quv yilining eng yaxshi yosh tadqiqotchisi”;
✅“O‘quv yilining eng yaxshi innovator yetakchisi”;
✅“O‘quv yilining eng yaxshi eko-loyiha muallifi” kabi asosiy yo‘nalishlar bo‘yicha g‘oliblar e’tirof etildi hamda ularga 1 000 000 soʻmdan pul mukofoti taqdim etildi.
✅ Shuningdek, seminar-treninglar, davra suhbatlari va vebinarlarda faol ishtirok etgan iqtidorli yoshlarga ham alohida rag‘bat ko‘rsatildi.
➡️ Tadbirda talabalar, professor-o‘qituvchilar va soha vakillari ishtirok etib, yoshlarning ilmiy-ijodiy izlanishlariga yuqori baho berdilar.
➡️»SHARAF – 2025″ – bu iqtidor, intilish va mehnat bayramidir.
🏛 Andijon davlat chet tillari instituti axborot xizmati