
Andijon davlat chet tillari institutida institutning Besh muhim tashabbus markazi tomonidan “Dolzarb 90 kunlik” loyihasi doirasida talaba-yoshlarning kitobxonlik madaniyatini oshirish, ijodiy va intellektual salohiyatini rivojlantirish maqsadida BookQuiz intellektual bellashuvi tashkil etildi.
Bellashuvda turli fakultet talabalari jamoalar shaklida ishtirok etib, badiiy asarlar, mashhur yozuvchilar, adabiy qahramonlar va asarlarning mazmuniga oid savollarga javob berish orqali o‘z bilimlarini sinovdan o‘tkazdilar.
Tadbir davomida ishtirokchilar tezkor fikrlash, mantiqiy tahlil qilish hamda jamoaviy ishlash ko‘nikmalarini namoyon etdilar. Bellashuv jarayoni do‘stona va qiziqarli ruhda o‘tib, barcha ishtirokchilarda katta taassurot qoldirdi.
Mazkur intellektual o‘yin talabalarda kitobga bo‘lgan qiziqishni kuchaytirish, ularning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish va badiiy tafakkurni rivojlantirishga xizmat qilmoqda.
Andijon davlat chet tillari instituti axborot xizmati