INSTITUT DOKTORANTI XITOYDA ILMIY STAJIROVKA O‘TADI

Andijon davlat chet tillari instituti 10.00.11 – “Til nazariyasi. Amaliy va kompyuter lingvistikasi” ixtisosligi 1-bosqich doktoranti Ikromov Shoxruxbek Dilshodjon o‘g‘li joriy yilning 9–19-iyun kunlari Xitoy Xalq Respublikasining Hubey provinsiyasi, Uhan shahrida joylashgan Xuachjun qishloq xo‘jaligi institutining Chet tillari fakultetida ilmiy stajirovka o‘tash uchun yuborildi.

Mazkur ilmiy safar davomida doktorant o‘z dissertatsiya mavzusi bo‘yicha xorijiy tajribalarni o‘rgandi, dolzarb ilmiy manbaalar bilan tanishdi hamda lingvistik tadqiqotlari uchun zarur bo‘lgan yangi material va ma’lumotlarni to‘pladi. Shuningdek, u mazkur fakultet ilmiy jamoasi bilan fikr almashish va ilmiy-uslubiy tajriba orttirish imkoniyatiga ega bo‘ldi.

Ilmiy stajirovka doktorantning ilmiy salohiyatini oshirish, ilmiy ishini xalqaro darajada boyitish va istiqbolli ilmiy hamkorliklarni yo‘lga qo‘yish yo‘lida muhim qadam bo‘ldi.

Leave a Reply

Skip to content