TALABALAR NIZOM BILAN TANISHTIRILDI

2025-yil 24-iyun kuni Andijon davlat chet tillari institutida «Dolzarb 90 kunlik» loyihasi doirasida talaba-yoshlar uchun muhim mazmunga ega bo‘lgan ma’naviy-ma’rifiy uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Unda institutning Ingliz tili va adabiyoti fakulteti dekani K.Karimov ishtirok etib, talabalar bilan ochiq muloqot tashkil qildi.

Uchrashuv davomida Hukumatning 2025-yil 10-martdagi 149-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Oliy ta’lim tashkilotlarida talabalarga grantlarni taqdim etish va qayta taqsimlash tartibi to‘g‘risidagi nizom” mazmun-mohiyati batafsil yoritib berildi. Jumladan, dekanning ta’kidlashicha, ushbu nizom oliy ta’lim tizimida adolatli, shaffof va meritokratik tamoyillarga asoslangan grant siyosatini yuritishga xizmat qiladi.

Tadbirda quyidagi masalalarga alohida e’tibor qaratildi:

Grant ajratilishining mezon va shartlari;

Talabalar o‘rtasida grantlarni qayta taqsimlash mexanizmlari;

O‘zlashtirish ko‘rsatkichlari, ijtimoiy holatlar va boshqa omillarning hisobga olinishi;

Nizom asosida talabalar huquq va majburiyatlari.

Tadbir davomida talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollar bilan murojaat qilib, nizomning amaliy jihatlari yuzasidan atroflicha ma’lumotlarga ega bo‘lishdi.

Mazkur uchrashuv nafaqat grantlar masalasida huquqiy savodxonlikni oshirdi, balki talabalar ongida o‘z ustida ishlash, intilish va natijaga yo‘naltirilgan bo‘lish zaruratini yana bir bor mustahkamladi.

Leave a Reply

Skip to content