
Andijon davlat chet tillari institutida “Dolzarb 90 kunlik” loyihasi doirasida yoshlar bilan ma’naviy-ma’rifiy ishlarni kuchaytirishga qaratilgan tadbirlar davom etmoqda.
Loyihaning “Yurtim bo‘ylab sayohat” rukni asosida institut talaba-yoshlari Shirmonbuloq maskaniga tashrif buyurishdi. Sayohat davomida talabalar tabiat bilan yaqindan tanishib, ona diyor go‘zalligini his etish, ekologik madaniyat va vatanparvarlik tuyg‘ularini yanada chuqurlashtirish imkoniga ega bo‘lishdi.
Tashrif do‘stona ruhda o‘tib, talabalarning bir-biri bilan muloqoti, jamoaviylik hissi va madaniy saviyasi yanada mustahkamlandi.
Mazkur tashrif fakultet dekanlarining Yoshlar bilan ishlash boʻyicha oʻrinbosarlari mas’ulligi va tyutorlar ishtirokida tashkil qilinib, unda talaba-yoshlarning yurtimiz tabiati, tarixiy-madaniy maskanlariga bo‘lgan qiziqishini oshirishga va ularning dunyoqarashini kengaytirishga xizmat qildi.