
2025-yil 21-iyun kuni Andijon davlat chet tillari institutida Rus tili nazariyasi va amaliyoti hamda Umumiy va qiyosiy tilshunoslik kafedralari tashabbusi bilan «Ilmiy innovatsion faoliyatni rivojlantirish bosqichlari, muammolar, dolzarbligi, hududning ijtimoiy-iqtisodiy rivojidagi hissasi» mavzusida respublika ilmiy-amaliy anjumani tashkil etildi.
Tadbirda turli oliy ta’lim muassasalari professor-o‘qituvchilari, ilmiy xodimlar, doktorant va magistrantlar ishtirok etib, ilmiy-innovatsion faoliyatning bugungi holati, uning ijtimoiy-iqtisodiy jarayonlardagi o‘rni, mavjud muammolar va ularni hal etish istiqbollari xususida dolzarb fikr-mulohazalar bildirildi.
Anjuman doirasida:
Ilmiy-innovatsion ishlanmalarni amaliyotga tatbiq etish yo‘nalishlari;
Hududiy rivojlanishda innovatsiyalarning roli;
Ilmiy faoliyatda yoshlarning ishtirokini kuchaytirish;
Tahliliy va qiyosiy yondashuvlarning samaradorligi kabi masalalar atroflicha muhokama qilindi.
Tadbir yakunida anjumanda ilgari surilgan taklif va tavsiyalar asosida tegishli xulosalar ishlab chiqildi. Bu kabi ilmiy platformalar hududiy taraqqiyot va oliy ta’limda innovatsion muhitni shakllantirishda muhim omil bo‘lib xizmat qilishi ta’kidlandi.
Anjuman yuqori saviyada, ko‘tarinki ruhda tashkil etildi va ishtirokchilarda katta taassurot qoldirdi.