
Andijon davlat chet tillari instituti Ingliz tili va adabiyoti fakultetida “Dolzarb 90 kunlik” loyihasi doirasida 1-bosqich talabalari bilan uchrashuv tashkil etildi. Uchrashuvda fakultet dekani K.Karimov ishtirok etib, talaba-yoshlar bilan ochiq muloqot olib bordi.
Suhbat chog‘ida dekan mazkur loyiha doirasida yozgi ta’til vaqtida amalga oshirilishi lozim bo‘lgan ishlar, jumladan, xorijiy tilni chuqurlashtirib o‘rganish, mutolaa madaniyatini rivojlantirish, ma’naviy-ma’rifiy tadbirlarda faollik ko‘rsatish, shuningdek, sog‘lom turmush tarziga amal qilish bo‘yicha muhim tavsiyalar berdi.
Shuningdek, talabalarni yozgi ta’til davrida o‘z ustida muntazam ishlash, ijtimoiy faol bo‘lish, loyiha doirasida tashkil etilayotgan turli kurs va tadbirlarda faol ishtirok etishga chorladi.
Uchrashuv samimiy va interaktiv ruhda o‘tib, talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob oldilar. Bunday uchrashuvlar yoshlarning maqsadli, faol va mas’uliyatli bo‘lishlariga xizmat qilmoqda.