ENGAGE-2024: MASHGʻULOTLAR IZCHIL DAVOM ETMOQDA

Andijon davlat chet tillari institutida davom etayotgan ENGAGE – 2025 dasturi doirasidagi o‘quv kursi bugun ham o‘zining navbatdagi mashg‘ulotlari bilan davom etdi. Kursda xorijdan tashrif buyurgan 8 nafar malakali mutaxassis tomonidan olib borilgan bugungi mashg‘ulotlar institutning professor-o‘qituvchilari bilan bir qatorda talabalar ishtirokida ham tashkil etildi.

🔴Mashg‘ulot davomida ta’limning zamonaviy yondashuvlari, xususan, kommunikativ metodlar, interaktiv dars shakllari va raqamli texnologiyalardan foydalanish uslublari amaliy tarzda namoyish etildi. “Jamoaviy tahlil”, “rolga kirish”, “muammo asosidagi o‘rganish” kabi usullar orqali talabalar dars jarayonining faol ishtirokchisiga aylanishdi.

Xorijlik mutaxassislar dars samaradorligini oshirishga qaratilgan ilg‘or tajribalarni o‘rgatarkan, aynan talabalar bilan bevosita muloqotda bo‘lib, ularning ingliz tilida erkin fikr bildirish, muloqot qilish va muammolarga kreativ yondashish ko‘nikmalarini rivojlantirishga alohida e’tibor qaratishdi.

Talabalar o‘z fikr va savollarini ochiq aytish, xorijiy mutaxassislar bilan ingliz tilida muloqot qilish orqali nazariy bilimlarini amaliyotda sinab ko‘rish imkoniga ega bo‘lishdi. Bu esa ularning darsga bo‘lgan qiziqishini yanada oshirib, o‘z ustida ishlashga rag‘batlantirdi.

Mashg‘ulot yakunida talaba va o‘qituvchilar xorijlik trenerlarga minnatdorchilik bildirib, bunday xalqaro kurslar nafaqat til o‘rganishga, balki fikrlash madaniyati va kasbiy kompetensiyalarni rivojlantirishga ham katta hissa qo‘shayotganini ta’kidladilar.

ENGAGE – 2025 dasturining navbatdagi mashg‘ulotlari ertaga ham davom etadi va unda turli mavzularda seminar-treninglar, metodik tajriba almashuvlari rejalashtirilgan.

Leave a Reply

Skip to content