
Bugun – 14.06.2025-yil kuni Andijon davlat chet tillari institutida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tashabbusi bilan eʼlon qilingan «Dolzarb 90 kunlik» loyihasi doirasida talaba-yoshlarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish, ularning sog‘lom turmush tarzini shakllantirish hamda sportga bo‘lgan qiziqishlarini yanada oshirish maqsadida yengil atletika to‘garak mashg‘ulotlari tashkil etildi.
Ushbu sport tadbiri institut sport zali va maydonida boʻlib oʻtdi. Unda turli fakultetlardan yigʻilgan talabalar faol ishtirok etdilar. Mashg‘ulotlar davomida yugurish, uzunlikka sakrash, estafeta poygalari kabi yengil atletika turlari bo‘yicha nazariy va amaliy ko‘nikmalar berildi. Tajribali murabbiylar rahbarligida o‘tgan mashg‘ulotlar talabalarda sportga bo‘lgan qiziqishni oshirdi, sog‘lom raqobat muhitini yaratdi va jamoaviylik ruhini mustahkamladi.
Tadbir yakunida eng faol ishtirokchilar alohida rag‘batlantirildi. Bu kabi to‘garak mashg‘ulotlari “Dolzarb 90 kunlik” loyihasi doirasida davom ettirilib, muntazam ravishda o‘tkazilishi belgilangan. Mazkur tashabbus institutda sog‘lom va jismonan chiniqqan yoshlar safini kengaytirishga xizmat qilmoqda.