INSTITUTDA TALABA-QIZLARGA E’TIBOR

Bugun – 13.06.2025-yil kuni Andijon davlat chet tillari institutida talaba-yoshlar, ayniqsa, talaba-qizlar o‘rtasida sog‘lom ijtimoiy-ma’naviy muhitni shakllantirish, zo‘ravonlik va tazyiqning oldini olishga qaratilgan muhim uchrashuv tashkil etildi. “Talabalar oʻrtasida ijtimoiy-ma’naviy sogʻlom muhit barqarorligini ta’minlash” hamda “Xotin-qizlar oʻrtasida zoʻravonlik va tazyiqni oldini olish” mavzularidagi mazmunli yig‘ilish institutning Faollar zalida bo‘lib o‘tdi.Yig‘ilishni institutning Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi uslubchisi M.Saliyeva olib bordi. Tadbirda Andijon shahar Ichki ishlar bo‘limi boshlig‘ining xotin-qizlar masalalari bo‘yicha o‘rinbosari, katta leytenant M.Najmiddinova, institut rektorining xotin-qizlar masalalari bo‘yicha maslahatchisi Z.Kabilova, institut amaliyotchi-psixologi M.Boymirzayeva, fakultet dekanlarining Xotin-qizlar masalalari boʻyicha maslahatchilari, shuningdek, institut profilaktika katta inspektori B.Xodjayevlar ishtirok etishdi.

Uchrashuv davomida talaba-qizlarning huquqiy madaniyatini oshirish, zo‘ravonlikning turlari, ularning oqibatlari, huquqiy himoya vositalari haqida batafsil ma’lumotlar berildi. Mutasaddi soha vakillari hayotiy misollar, statistik ma’lumotlar asosida so‘z yuritib, mavjud muammolarning oldini olishda ma’naviy tarbiyaning, oila va jamiyatning birgalikdagi mas’uliyati muhim ekanini ta’kidladilar.

Yig‘ilish yakunida talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollar bilan murojaat qilishdi va soha mutaxassislaridan atroflicha javoblar olishdi. Ushbu tadbir talabalar ongida sog‘lom turmush tarzini qaror toptirish, ijtimoiy-ma’naviy barqarorlikni ta’minlash yo‘lida muhim qadam bo‘ldi.

Leave a Reply

Skip to content