
Joriy haftada Andijon davlat chet tillari institutida muhim tadbirlardan biri — “Samarali o‘qitish texnikalari” mavzusidagi mahorat darsi bo‘lib o‘tdi. Mazkur sessiya Waukesha County Technical College o‘qituvchisi, katta tajribaga ega mutaxassis Wendy Kee tomonidan olib borildi.
Ushbu mahorat mashg‘uloti xalqaro tajriba almashish, ta’lim sifatini oshirish hamda zamonaviy pedagogik yondashuvlarni amaliyotga joriy etish yo‘lida muhim qadamlardan biri bo‘ldi.
Sessiya davomida ishtirokchilar quyidagi masalalar ustida ishlashdi:
o‘quvchilarni darsga jalb qilishning interaktiv va innovatsion usullari;
o‘qitish samaradorligini oshirishga xizmat qiluvchi strategiyalar;
talabalarning tanqidiy va ijodiy fikrlashini rivojlantirishga qaratilgan metodlar;
real dars jarayoniga asoslangan misollar orqali o‘rgatish yondashuvlari.
Mashg‘ulot yakunida ishtirokchilar kichik guruhlarga bo‘linib, o‘zaro fikr almashdi, amaliy vaziyatlarni tahlil qildi va samarali o‘qitish bo‘yicha takliflar bilan chiqish qildilar. Sessiya qizg‘in muhokamalar, savol-javoblar va amaliy mashqlar bilan boyitildi.
Ushbu mahorat darsi institut o‘qituvchilari uchun ham yangi g‘oyalarni tadbiq etish, zamonaviy pedagogik texnologiyalarni o‘zlashtirish, kasbiy malakani oshirish, xalqaro tajribadan o‘rnak olish imkonini yaratdi.