«ENG FAOL GURUH» TANLOVI OʻZ NIHOYASIGA YETDI

5

Bugun – 2025-yil 11-iyun kuni Andijon davlat chet tillari instituti Faollar zalida Ingliz tili va adabiyoti fakulteti tomonidan tashkillashtirilgan “Besh tashabbus bahori” festivali doirasidagi muhim tadbirlardan biri — “Eng faol guruh” tanlovining taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi.

Mazkur tanlov O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining besh muhim tashabbusi doirasida yoshlarning ijtimoiy faolligini oshirish, bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazish, ularni sport, san’at, axborot texnologiyalari, kitobxonlik va hunarmandchilik yo‘nalishlariga keng jalb qilish maqsadida tashkil etilgan edi.

Tanlov davomida Ingliz tili va adabiyoti fakulteti tarkibidagi barcha guruhlar o‘z ijtimoiy faolligi, tashabbuskorligi, jamoaviy birdamligi, ma’naviy-ma’rifiy tadbirlardagi ishtiroki, iqtidorli talabalarning namoyishlari va innovatsion g‘oyalari asosida baholandi. Har bir guruh o‘zining ijodkorligi va tashkiliy salohiyati bilan ajralib turishga harakat qildi.

Taqdirlash marosimida institut rahbariyati, fakultet dekani, professor-o‘qituvchilar, guruh murabbiylari va talabalar ishtirok etdi. Tadbir avvalida festival doirasida o‘tkazilgan tanlovlar yuzasidan qisqacha hisobot berildi hamda talabalarning faoliyati videoroliklar orqali namoyish etildi.

Sahnaga taklif etilgan mehmonlar va fakultet rahbariyati tomonidan g‘olib guruhlar tantanali ravishda diplom, faxriy yorliq hamda esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.

Tadbir yakunida talabalar tomonidan tayyorlangan musiqiy chiqishlar, sahna ko‘rinishlari va raqslar yig‘ilganlarga bayramona kayfiyat ulashdi. “Eng faol guruh” tanlovi nafaqat sog‘lom raqobat, balki talabalar o‘rtasida do‘stlik, birdamlik va ijtimoiy mas’uliyat hissini kuchaytirganligi bilan ham esda qolarli bo‘ldi.

Bu kabi tashabbuslar yoshlarning salohiyatini ro‘yobga chiqarishda muhim omil bo‘lib xizmat qilmoqda.

Leave a Reply

Skip to content