CHET TILINI OʻRGANISH – ZAMONAVIY TALAB

Bugun – Andijon davlat chet tillari instituti Ingliz filologiyasi, oʻqitish metodikasi va tarjimashunoslik fakulteti Filologiya va tillarni oʻqitish: Arab tili yoʻnalishi talabalari tashabbusi bilan “Turizmni rivojlantirishda til oʻrganishning oʻrni” mavzusida madaniy-maʼrifiy tadbir boʻlib oʻtdi.

Tadbir institutning faollar zalida iliq va doʻstona muhitda tashkil etildi. Unda institut va fakultet rahbariyatidan vakillar, profilaktika katta inspektori, professor-oʻqituvchilar, talaba-yoshlar hamda soha vakillari ishtirok etdi. Tadbirning asosiy maqsadi – globallashuv jarayonida xorijiy tillarni, xususan, arab tilini oʻrganishning sayyohlik salohiyatini yuksaltirishdagi oʻrnini yoritish, talabalarda kasbiy motivatsiyani kuchaytirish va ularni amaliy ko‘nikmalar bilan boyitishdan iborat boʻldi.

Tadbir davomida talabalar tomonidan arab, ingliz va oʻzbek tillarida sahna koʻrinishlari, teatrlashtirilgan chiqishlar, interaktiv savol-javoblar, musiqiy va folkloriy chiqishlar namoyish etildi. Tadbir mehmonlari talabalar tomonidan tayyorlangan arabona taomlar, milliy hunarmandchilik namunalari va madaniy ko‘rgazmalar bilan ham tanishish imkoniga ega bo‘lishdi.

So‘zga chiqqanlar til oʻrganishning nafaqat shaxsiy taraqqiyot, balki mamlakatimiz turizm salohiyatini yuksaltirishdagi beqiyos oʻrnini taʼkidladilar. Ular bunday tadbirlar talabalarni faollikka, ijodkorlikka va kasbiy kompetensiyalarni rivojlantirishga undashini alohida qayd etdilar.

Bu kabi tashabbuslar, nafaqat, yoshlarning til oʻrganishga boʻlgan qiziqishini oshiradi, balki ularni turizm sohasining faol ishtirokchisiga aylantirishda muhim oʻrin tutadi.

Leave a Reply

Skip to content