INSTITUT QAYTA TASHKIL QILINGAN KUN MUNOSIB KUTIB OLINDI

Andijon davlat chet tillari instituti qayta tashkil etilganligining 3 yilligi munosabati bilan Andijon shahridagi «Universal» sport majmuasida o‘tkazilgan bayram tadbiri doirasida may oyi — «Sport oyligi» doirasida o‘tkazilgan sport musobaqalari yakuniga ham puxta e’tibor qaratildi.

«Sportchi — yurt himoyachisi» shiori ostida o‘tkazilgan ushbu musobaqalarda institut talabalari o‘zlarining jismoniy tayyorgarligi, qat’iyatliligi va jamoaviylik ruhini namoyon etib, turli sport turlarida faol ishtirok etishdi. Shou dastur davomida bu musobaqalarda g‘oliblikni qo‘lga kiritgan talabalar hamda faxrli o‘rinlarni egallagan sportchilar institut jamoatchiligi ishtirokida tantanali tarzda taqdirlandi.

Mukofotlarni institut rektori D.A.Rustamov hamda institut rahbariyatining boshqa vakillari tantanali tarzda topshirdi. G‘olib va sovrindor talabalar faxriy diplomlar, esdalik medallar, sovg‘alar bilan rag‘batlantirildi. Bu bilan institut rahbariyati sportga qaratilayotgan e’tibor va sog‘lom turmush tarzini shakllantirish yo‘lidagi amaliy sa’y-harakatlarini yana bir bor namoyon etdi.

Shu tarzda, institutda o‘tkazilgan «Sport oyligi» doirasidagi barcha musobaqalar talaba-yoshlar hayotida muhim ijtimoiy-ma’naviy voqea sifatida tarixda qoldi.

Leave a Reply

Skip to content